
100 yillik antirekord takrorlandi
Evropa ligasining umumiy bosqich ikkinchi turida Angliyaning “Nottingem Forest” jamoasi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Daniyaning “Midtyullann” klubi futbolchilariga 2:3 hisobida yutqazdi.
Bu natija yaqinda “o‘rmonchilar”ni qabul qilib olgan yangi bosh murabbiy Angelos Postekoglu uchun antirekord bo‘ldi. Jamoani oltinchi bor o‘yinga tayyorlagan avstraliyalik murabbiy hali g‘alaba qozona olgani yo‘q.
Uning shogirdlari oxirgi oltita uchrashuvda atigi ikki marta durang o‘ynadi va to‘rtta uchrashuvda raqiblarga imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, Angelos Postekoglu “Nottingem Forest” murabbiylari ichida oxirgi yuz yilda dastlabki olti uchrashuvda birorta g‘alabaga erishmagan birinchi mutaxassis bo‘ldi. Avvalgi Antirekord 1925 yili qayd etilgan bo‘lib, Jon Beyns qo‘l ostida “o‘rmonchilar” ketma-ket ettita uchrashuvda zafar quchmagan edi. Shunga qaramay, Beyns yana to‘rt yil jamoani boshqargan.
Angelos Postekogulining jamoa bilan sharntomasi 2028 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar