
4 ta gol urib xushtakvozlikka uchragan Neymar jamoasining o‘yinini o‘tkazib yuboradi
PSJ klubi hujumchisi Neymar Frantsiya Birinchi ligasi 22-turidan o‘rin olgan “Lion”ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Klub rasmiy saytida yozilishicha, braziliyalik forvard jarohati bois, ushbu o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
PSJ muxlislari Neymarga xushtakvozlik qilishdi
Bundan tashqari, Tyago Motta va Atem Ben-Arfa ham jarohati bois, jamoasiga yordam bera olmaydi. E’tiborlisi, Lukas Moura ham qaydnomaga kiritilmadi.
Ichki tartib-qoidani buzgan Xaver Pastore ertangi o‘yinda jamoasiga yordam bera oladi.
Ma’lumot uchun, “Lion” – PSJ o‘yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01.00 da start oladi.
Fikrlar