AGMK Alisher Samatov va Azamat Isroilovlar bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
Bundan biroz avval AGMK klubi Jasur Hasanov hamda Zohir Pirimovlar bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik.
Klub rasmiy saytida chop etilgan xabarga qaraganda olmaliqliklar ayni damda “Neftchi” a’zosi Alisher Samatov hamda “So‘g‘diyona” himoyachisi Azamat Isroilovlar bilan muzokaralar olib borishmoqda. Agar tomonlar o‘zaro kelishuvga erishishsa, tez orada ushbu futbolchilar ham AGMK futbolchisiga aylanishadi.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekistonda rasman transfer oynasi ochildi.

Fikrlar