AGMKning OChL saralashidagi raqibi Daniya klubi bilan durang o‘ynadi
Mirjalol Qosimov shogirdlari musobaqani saralash bosqichidan boshlashadi va ularning ilk raqibi Tojikistonning "Istiqlol" klubi bo‘ladi. Qo‘shnilarimiz bo‘lajak uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Jumladan Hakim Fuzaylov boshqaruvidagi "Istiqlol" ayni kunlarda Turkiyada yig‘in o‘tkazmoqda. Bugun dushanbeliklar mazkur yig‘in doirasida o‘zlarining navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazishdi.
Bu safar ularga Daniya Birinchi divizioni ishtirokchisi - "Kyoge" jamoasi raqiblik qildi. Mazkur bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.
Nazorat o‘yini
"Istiqlol" (Tojikiston) - "Kyoge" (Daniya) 1:1

Fikrlar