Afrika millatlar kubogining eng yaxshi futbolchisi Vitaliy Denisovning jamoadoshi bo‘ladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kamerun terma jamoasi hujumchisi Kristian Bassogog kecha yakunlangan Afrika millatlar kubogi musobaqasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

21 yoshli forvard turnir davomida o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning jamoasi esa finalda Misr terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikka erishdi.

Ta’kidlash kerakki Daniyaning “Olborg” klubi sharafini himoya qiluvchi futbolchiga hamyurtimiz Vitaliy Denisov to‘p suradigan Moskvaning “Lokomotiv” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Tez orada Bassogog moskvalik "temiryo‘lchilar" safiga qo‘shilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!