
Ana xolos! "Barselona" Grizmanning transferi uchun 2ta futbolchisini sotmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi yozda "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanni qo‘lga kiritish uchun o‘zining ikki nafar futbolchisini sotmoqchi.
Bir qator ispan nashrlarining yozishicha “ko‘k-anor ranglilar” mavsum yakunlangach Denis Suares va Andre Gomeshlarni transferga qo‘yib, ularning har birini 45 million evrodan jami 90 million evroga pullashmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Grizmann MYu va “Barselona” o‘rtasidagi tanlovda Kataloniya super klubini tanlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar