
Ana xolos! "Barselona" diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
El Mundo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar safida Ispaniya kubogi 1/8 final bosqichi doirasida "Levante"ga qargi (1:2) uchrashuvda diskvalifikatsiya qilingan futbolchi maydonga tushgani uchun jamoa musobaqadan chiqarib yuborilishi mumkin.
Gap o‘sha o‘yinda 58 daqiqa maydonda to‘p surgan Xuan Movilya haqida bormoqda. U klubning ikkinchi jamoasi safida diskvalifikatsiyaga uchragan va kubok uchrashuvida maydonga tushmasligi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning dekabrida xuddi shunday hodisa "Real" bilan ham yuz bergan edi. O‘shanda madridliklar Denis Cherishev tufayli Ispaniya kubogidan bir mavsumga diskvalifikatsiya qilingan edi.
Fikrlar