Ana xolos! O‘zbekiston kubogi finaliga kirish bepul

  • 10.11.2017 15:00
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Kubogining final o‘yini 4 dekabr, dushanba kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi. “Lokomotiv” va “Bunyodkor” maydonga tushadigan uchrashuv soat 15:00da boshlanadi.

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Professional Futbol Ligasi bilan hamkorlikda kubok finalini bayramona tarzda o‘tkazish maqsadida o‘yindan oldin musiqiy shou-dastur o‘tkazishni rejalashtiryapti.

O‘zbekiston Kubogi–2017 finalida “Bunyodkor” stadioni to‘lishi kutilmoqdami?

SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, hal qiluvchi bellashuvga kirish bepul bo‘ladi.  

«Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasidagi finalni Birlashgan Arab Amirliklari vakillari bo‘lgan hakamlar guruhi boshqaradi. Mazkur o‘yinda Muhammad Abdulla Hasan bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga qanotlarda Muhammad Hasan Abdulla al-Mahri hamda Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla al-Hammadi yordam beradi. To‘rtinchi referi vazifasi Ammar Ali Abdulla al-Junaybiyga yuklatildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!