Anyukov "Zenit"da rekord o‘rnatdi
Ayni damda Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi safarda Evropa ligasi so‘nggi saralash raundi javob bahsida Norvegiyada “Molde”ga qarshi o‘yin o‘tkazmoqda.
E’tiborlisi, piterliklar himoyachisi Aleksandr Anyukov bugungi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Bu esa uning evrokuboklarda “Zenit” tarkibidagi yubiley 100-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa 35 yoshli futbolchi bu boradagi klub rekordini o‘rnatdi.
Ma’lumot uchun, Anyukov shu kungacha 43 marta Evropa ligasida, 56 marta Chempionlar ligasida va 1 marta UEFA Superkubogida maydonga tushgan.

Fikrlar