
“Arsenal”ga "Roma" hujumchisi kerak
“Arsenal” klubi tarkibga “Roma” hujumchisi Patrik Shikuni qo‘shib olmoqchi.
22 yoshli futbolchi bu mavsum rimliklar safida asosiy tarkibda atigi ikki marta maydonga tushgan. Avvalroq u “Roma” uni ijaraga berishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingan. Shu sabab Shiku ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchiga hozirda “Arsenal” jiddiy qiziqish bildirmoqda. London klubi Denni Uelbek jiddiy jarohat olgandan so‘ng hujumchi qidirishga tushgan.
Fikrlar