
"Atletiko" futbolchisi "Barselona"ning "oromini o‘g‘irladi"
"Barselona" klubi "Atletiko" Madridning etakchi yarim himoyachisi Saul Nigesga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra kataloniyaliklar rahbariyati 23 yoshli futbolchining Ispaniya terma jamoasida ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan kelib chiqib unga qiziqib qolishgan. “Barselona” vakillari Saulni mavsum yakuniga qadar kuzatib, yozda uni sotib olishga urunib ko‘radi.
Ma’lumot uchun, Saul “Atletiko” safida joriy mavsum 4ta uchrashuvda maydonga tushdi va raqib darvozasiga 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar