"Atletiko" prezidenti Ronalduning qilig‘iga qanday munosabat bildirdi?
2:0 hisobida madridliklarning ishonchli g‘alabasi bilan tugagan uchrashuvda portugaliyalik futbolchi mezbon jamoa muxlislariga 5 ta barmog‘ini ishora qilib ko‘rsatgan edi. Yaxshi bilasiz, Ronaldu EChLda 5 bor g‘olib chiqqan. "Atletiko" esa biror marta mazkur sovrinni qo‘lga kirita olmagan.
"Krishtianu EChLni 5 bor yutmagan. U buni uch bor uddalagan. Biz bilan kechgan ikki finalda Ronaldu g‘alaba qozonmagan", - dedi Sereso.

Fikrlar