Australian Open-2017da navbatdagi sensatsiya! Endi Marrey ham Jokovich ortidan musobaqani tark etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


Avstraliyaning Melburn shahrida davom etayotgan Australian Open musobaqasida navbatdagi kutilmagan natija qayd etildi.

Jahonning birinchi raqamli tennischi britaniyalik Endi Marrey sensatsion tarzda turnirni tark etdi. Reytingda 50-o‘rinda borayotgan germaniyalik Misha Zverev 3 soatu 33 daqiqa davom etgan 4 set bellashuvda 5/7, 7/5, 2/6, 4/6 hisoblarida zafar quchdi.

Shunday qilib, bu tennischilar o‘rtasidagi o‘zaro bellashuvlarda tenglik yuzaga keldi. 1:1. Endi 1/4 finalda Zverev Ro Federer - Kei Nishikori juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

mischa_zverev

Shuningdek, yana bir qiziqarli bahsda Sten Vavrinka italiyalik Andreas Seppiga imkoniyat qoldirmadi.

Australian Open-2017
22.01.2017
1/16 final

Misha Zverev (Germaniya) – Endi Marrey (Buyuk Britaniya) - 7:5, 5:7, 6:2, 6:4

Sten Vavrinka (Shveytsariya) – Andreas Seppi (Italiya) - 7:6, 7:6, 7:6

Jo-Vilfred Tsonga (Frantsiya) – Den Evans (Buyuk Britaniya) - 6:7, 6:2, 6:4, 6:4.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin jahonning №2 raqamli tennischisi Novak Jokovich hamyurtimiz Denis Istominga mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!