
Avstraliya bosh vaziri: Keyingi jahon chempionatda Avstraliya o‘z kuchini ko‘rsatadi
Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull terma jamoaning Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan JCh-2018dagi ishtiroki haqida o‘z fikrini bildirdi.
Aytib o‘tish joizki, yashil qit’a a’zolari "S" guruhidan joy olgandilar va guruh bosqichi o‘yinlari natijalariga ko‘ra, Daniya, Peru hamda Frantsiya terma jamoalari orasida oxirgi o‘rinni qo‘lga kiritib o‘z uylariga yo‘l olishdi.
- Ushbu mundialda bizning yurishimiz o‘z nihoyasiga etdi, o‘yinchilar g‘alaba uchun bor kuchlari bilan kurashishdi. Ammo ularga omad etishmadi deb o‘ylayman.
Ishonchim komilki, mundial davomida har bir avstraliyalik ularni qo‘llab-quvvatladi va biz terma jamoa bilan g‘ururlanamiz! Keyingi jahon chempionatda Avstraliya o‘z kuchini ko‘rsatadi, - deya Ternbullning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS
Fikrlar