
«Barsa» va Neymar. Mojaro davom etadi
O‘zi nima gap?
Bu futbolchining 2013- yilda “Santos”dan “Barselona” klubiga o‘tganligi bilan bog‘liq Xorij OAV xabariga ko‘ra Ispaniya davlat sudi hujjatlarni qayta ko‘rib chiqmoqda. Endilikda bu “ish” 3ta sudya tomonidan o‘rganiladi. Futbol yulduzi korruptsiya va tovlamachilikda ayblanmoqda.
Da’vogar o‘sha paytdagi Braziliyalik hujumchining huquqlariga egalik qiluvchi “DIS“ investitsiya jamg‘armasi hisoblanadi. “Barselona“ klubi Neymar transferining narxi 57,1 million evro ekanligini e’lon qildi, shundan 40 millioni futbolchining oilasiga, 17,1 millioni Braziliya klubga o‘tdi. Natijada, futbolchi uchun huquqlarning egasi sifatida “DIS“ transfer uchun “Santos” tomonidan olingan mablag‘dan atigi 6,8 million evroni olgan edi. Biroq sudning fikricha “Barselona“ning bu transfer uchun qilgan xarajati kamida 83 million evroni tashkil qiladi. Bu hisob 95 million ham bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Qiziq holat…
Futbolchidan boshqa yana kimlar “jinoyatchi”?
Neymarga bilan birgalikda, futbolchining ota-onasi, “Barselona” klubining hozirgi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu va Sandro Rosel ham korruptsiya ayblovi bilan sudda ayblanuvchi rolida paydo bo‘lishadi. Sandro Rosel 2017 yil may oyidan buyon qamoqda, u pul yuvish va uyushgan jinoiy guruh tuzishda ayblanmoqda. Bundan tashqari, bu ishda Santos sobiq prezidenti Odilio Rodrigesning ham “qo‘li bor”.
DIS tashkiloti asoschisi Delsir Sonda, Neymarning otasi, braziliyalik yosh yulduzni Kataloniya klubiga olib kelish uchun Roseldan pora olganini ta’kidladi.
“Bu futbolchining otasini ayblashimiz mumkin bo‘lgan alohida turdagi korruptsiya. Avvaliga unga 10 million evro “avans” berishdi. Shuningdek, Neymar 17 ta hujjatni imzoladi va “Barselona“ dan pul oldi. Vaholanki u “Santos”ning futbolchisi edi. Axloqiy jihatdan bu noto‘g‘ri. Neymar va uning ota-onasi menga xiyonat qildilar “,-dedi Delsir intervyuda.
Neymarning otasi, DISning iqtisodiy huquqlari “Santos“ bilan tuzilgan shartnomagagina tegishli va shartnomaning barcha pullari to‘langanini aytmoqda. Voqeani o‘rganish 2016 yilning yozigacha davom etgan edi, shundan so‘ng ish etarli dalillar to‘planmagani uchun yopildi. O‘shanda Neymar va uning otasi olti oydan ikki yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin bo‘lgan moddalar bo‘yicha ayblangan. Faqatgina shu yilning oktyabr oyida Ispaniya soliq inspektsiyasi ishni qayta ko‘rib chiqilishi uchun sudga bordi. So‘rov tasdiqlandi. Endi jiddiyroq o‘rganilishi mumkindek.
Braziliya taraflarda nima gap?
Braziliya huquq hodimlari Neymar, shuningdek, uning otasi va bir vaqtning o‘zida agenti Neymar Santosni, Bartomeu va Roselni ham tergovdan o‘tkazdi. Ular hujjatlarni soxtalashtirish, pora olish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilinganlar. Biroq, o‘tgan yilning iyul oyida, ishda ishtirok etganlar Braziliya federal prokuraturasi tomonidan oqlandi.
“Bu jarayon rasmiy ravishda yopilgan, bu bizning barcha hujjatlarimizning qonuniyligini tasdiqlaydi. Ayblovlar to‘rt yil davom etdi va shu vaqt mobaynida biz, mening oilam va korxonamiz xodimlari juda ko‘p azob chekishdi. Hozir biz juda xursandmiz “,-dedi Neymarning otasi.
2017 yilda o‘z tekshiruvlari natijasida FIFA braziliyalik futbolchini “Santos“ dan “Barselona“ ga o‘tishi qonuniy ekanligini tan oldi.
Hozirgi vaqtda Neymar PSJdan “Barselona“ klubiga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan bir vaqtda Kataloniya klubi bilan sudlashayotgani juda ham qiziq. Braziliyalik hujumchi 26 million evroni talab qilmoqda. Bu summa 2016 yilda shartnomani imzolash uchun oldindan to‘lanmagan bonusning qolgan qismidir. O‘z navbatida “Barselona“ Neymardan 75 million evro olishni xohlaydi. Klub futbolchidan shartnomani buzgandagi jarimani olmoqchi.
Nazarimda, bu jarayonning hozirda yana ko‘tarilishining asosiy sababi boshqa bir futbolchi Ronaldu bilan o‘xshash holat. Aynan portugaliyalik futbolchi ham boshqa klubga o‘tganidan so‘ng sobiq klub tomonidan ishlar qo‘zg‘atilganligi ta’kidlanayotgan edi. Kim bilsin “Barsa” futbolchidan undiriladigan summaga emas, braziliyalik futbolchining o‘ziga qiziqayotgandir.
Fikrlar