«Barselona» – «Sevilya» uchrashuvi qahramonlari kim?

  • 22 oktabr, 2018, 02:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Barselona» uchrashuvning 20-daqiqasiga keliboq 2-0 hisobida oldinga chiqib oldi va «Sevilya»ni yirik hisobda tor-mor qiladi deb turgan paytda Leo Messi qo‘lidan jarohat oldi va uchrashuvni ancha erta yakunlashga majbur bo‘ldi. «Sevilya» ham bunday vaziyatdan keyin o‘ziga kelib oldi va bir qator xavfli hujumlarni uyushtira boshladi. Biroq o‘z etakchisiz qolgan «Barsa» turnir peshqadami bo‘lib turgan «Sevilya»ga hech qanday imkon qoldirmadi. Xo‘sh, ushbu uchrashuvning g‘olib va mag‘lublari kim?

Tecno

G‘olib: Mark-Andre Ter Shtegen

Tez-tez darvozabonlar etarlicha hurmatga sazovor bo‘lishmaydi deyishadi. Bunday holatni aynan Mark-Andre Ter Shtegenga nisbatan ham qo‘llasak bo‘ladi. Nemis posboni mana ikki yildirki yuqori darajadagi mavsumni o‘tkazmoqda.

Kecha esa Ter Shtegen yana bir marta o‘zini ko‘rsatdi. U ikk marta qatorasiga yo‘llangan ikkita zarbalarni qaytarib ajoyib seyvlarni amalga oshirdi.

Garchi u ikki gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsada, muhim pallalarda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ayni vaqtda undan ham kuchliroq posbon yo‘q.

G‘olib: Usmon Dembele

Ernesto Valverde «Barselona» qarshi hujumlardan gol o‘tkazib yubormasligi uchun 4-4-1-1 o‘yin sxemasiga Arturni kiritdi. Mavsum startini yuqori darajada o‘tkazganiga qaramay Usmon Dembele bunday sxemada asosiy tarkibdan tushib qoldi.

Frantsiyalik iqtidor egasi shu tariqa zaxirada mixlanib qoldi. Biroq kutilmaganda Messi jarohat oldi. Dembelega shu tariqa maydonga qaytish uchun yo‘l ochildi.

Dembele endi iqtidori tufayli kataloniyaliklar hujumining eng muhim vakiliga aylandi. U kechagi o‘yinning o‘zidayoq Luis Suares bilan kuchli hamkorlikni amalga oshira olishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘ydi. U xatto Ivan Rakitichga yakuniy golda assistentlik vazifasini ham bajardi. Ammo u uchrashuv yakuniga 15 daqiqa qolganida biroz o‘zini yo‘qotiyu qo‘ydi. Bu yaxshi emas ammo u bundan keyin yaxshiroq va kuchliroq o‘ynashga harakat qilishi shubhasiz.

Mag‘lub: «Real» va «Atletiko»

Shanba La Liga uchun o‘zgacha kun bo‘ldi. Juma kuni 1-0 hisobidagi g‘alaba tufayli «Alaves» kunni vaqtinchalik peshqadam sifatida boshlagandi.

Biroq hamma «Real» o‘rtamiyona klubdan bor alamini oladi va peshqadamlikni qaytarib oladi deb turgan vaqtda madridliklar kutilmaganda (yoki kutilgan) navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

«Atletiko» esa «Villareal» (1-1) to‘sig‘idan o‘ta olmadi va «Barselona»ni ortda qoldirishi imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Madrid klublari uchun omadsiz tur bo‘ldi.

Messining jarohati va «Sevilya»ning ajoyib sport formasi «Barselona»ni turnir etakchiligini qaytarib olishiga to‘sqinlik qila olmadi. «Ko‘k-anorranglilar» «Alaves»dan bir ochko ko‘p to‘plagan holda etakchilikni qaytarib oldi.

G‘olib: Luis Suares

Nihoyat Suares gol urdi! Albatta u Messining yo‘qligi uchun penaltidan gol urdi. To‘g‘ri u ikki yoki uchta xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmadi. Ammo baribir u gol urdi. Bu mavsumda gol urishga qiynalib kelayotgan urugvaylik hujumchi uchun ajoyib natija.

Ko‘p gol urmagan bo‘lsada Suares juda yaxshi o‘ynadi. U ikkinchi golda Messiga golli uzatmani etkazib berdi. Messisiz u endi «Inter» va «Real»ga qarshi uchrashuvlarda jamoaning bosh etakchisiga aylandi.

G‘olib: «Inter»

Dunyoda Messi duch kelgan va gol ura olmagan kamyob jamoalar bor. Ular orasida argentinalik dahoning bir martadan ko‘p o‘yin o‘tkazganiga qaramay umuman gol ura olmagan klublar esa judayam sanoqli. Bular atigi uchta – «Rubin», «Liverpul» va «Inter».

Shu uchtadan biri bo‘lgan «Inter» bu mavsumda allaqachon beshta gol urgan Messining «Barselona»si bilan kelayotgan haftada o‘ynashi kerak. Leo Messi kechagi jarohati sabab ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq. «Inter»ning ushbu o‘ziga xos rekordi hozircha saqlanib qoladi.

Mag‘lub: «El Klassiko»

Lionel Messi uchrashuvni sensatsion tarzda boshladi. O‘yinning 20-daqiqasiga keliboq uning hisobida bir gol va bir golli uzatma bor edi. Biroq raqib futbolchisi bilan to‘qnashuvda noto‘g‘ri tarzda erga qulagan Messi qo‘lidan jiddiy jarohat oldi va maydonni erta tark etdi.

Shu tariqa u kelasi turda bo‘lib o‘tadigan «El Klassiko»ni afsuski o‘tkazib yuboradi. Jahonning eng yirik to‘qnashuvlardan biriga aylanib ulgurgan «El Klassiko» bu safar o‘zida nafaqat sifat balki ancha vaqtdan beri birinchi bor ikki yirik yulduzlarsiz bo‘lib o‘tadi. Messisiz «Barselona» shunchaki yaxshi shakllangan jamoaga aylanib qoladi. Ispaniya grandlari to‘qnashuvi esa biroz o‘z obro‘sini yo‘qotib qo‘yishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!