"Barselona"ga Morataning xizmatlarini taklif qilishdi
Avval xabar berganimizdek “Chelsi” forvardi Alvaro Morata londonliklar safini ijara asosida tark etadi.
26 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun asosiy da’vogar sifatida “Sevilya” va “Atletiko” klublari tilga olinmoqda. Biroq, ESPN tarqatgan xabarga ko‘ra Morataning xizmatlarini “Barselona”ga ham taklif qilishgan. Ammo, buning amalga oshish ehtimoli juda kam. Chunki, kataloniyaliklar Morataga qiziqish bildirishmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Alvaro Morata “Chelsi” safiga 2017 yilning yozida “Real” Madriddan kelib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum “Chelsi” safida 24ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 9ta gol urishga erishgan.

Fikrlar