
Behruz Amondavlatov ikki karra jahon chempioni bilan kurashadi
Praga shahri dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi Evropa ochiq chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ayni damga kelib, bir qator vazn toifalarida saralash bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
-66 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Behruz Amondavlatov ajoyib natija qayd etmoqda. Behruz dastlab mezbon sportchini musobaqadan chiqarib yuborgach, ikkinchi davrada Nankinda o‘tkazilgan o‘smirlar Olimpiadasi kumush medal sohibi ukrainalik Bogdan Yadov bilan kurashdi. Murosasiz kechgan bahs "Golden score"gacha davom etib, unda yurtdoshimizning qo‘li baland keldi. Endi uni chorak final ostonasida yanada jiddiy raqib kutib turibdi. Behruz keyingi bosqichga chiqish uchun ikki karra jahon chempioni va Rio Olimpiadasining bronza medali sohibi yaponiyalik Naoxisa Takatoni engishi talab etiladi.
-60 kilogramm vazn toifasida kurashayotgan Doston Ro‘ziev ham bildirilgan ishonchni oqlashda davom etmoqda. Birinchi davradayoq o‘ta jiddiy raqib, frantsiyalik Sofyan Milous dog‘da qoldirildi. Uning keyingi raqibi ispaniyalik Yokin Sagarzazu bo‘ladi.
-73 kg. vazn toifasida bahs olib borgan Husniddin Karimov, shuningdek, Varshavada ayni shu statasda ayollar musobaqasida ishtirok etgan Hojiniso Kamoliddinova (-63 kg) hamda Sanobar Sultonova musobaqani tark etishdi.
Fikrlar