Beyl Kazemironing golidan hayratlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 yinal bosqichi dastlabki bahsida “Real” o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qildi va 3:1 hisobida irodali tarzda g‘alaba qozondi.

Ayni damda tiklanish jarayonini o‘tkazayotgan Garet Beyl kechagi o‘yin haqida va jamoadoshi Kazemironing super goliga o‘z munosabatini bildirdi.

“Santyago Bernabeu”da yaxshi natija! Kazemiro ijrosida qanday gol...”, - deydi uelslik futbolchi o‘z “Tvitter” sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, kechagi uchrashuvning 54-daqiqasida "qirollik klubi" futbolchisi Kazemiro uzoq masofadan to‘pni to‘xtatmay to‘g‘ri darvoza tomon zarba bergan va juda chiroyli gol muallifiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!