Bilasizmi? “Liverpul” APL tarixida eng ko‘p marta qo‘shimcha vaqtda g‘alabani ilib ketgan
“Everton”ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng “Liverpul” Angliya premer-ligasi tarixida qo‘shimcha vaqtda g‘alaba golini urish borasida yaqqol etakchiga aylanib oldi. Bu haqda Opta nashri xabar tarqatmoqda.
Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi mersisayd derbisida Sadio Manening 90+5 daqiqada kiritgan goli “Liverpul”ga tarixiy 29-g‘alabani olib keldi. Bu boradagi kuchli uchlikdan London shahrining ikki jamoasi - “Arsenal” (23ta) va “Chelsi” (20ta) joy olgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarni mos ravishda “Everton” (19ta), "Manchester Yunayted" (18ta) va "Tottenxem" (18ta) jamoalari egallab turishibdi.

Fikrlar