Bilasizmi? Messi qatorasiga 10ta mavsumdan buyon La Ligada 25tadan kam gol urmayapti

  • 24.02.2019 11:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor kecha "Barselona" forvardi Lionel Messi "Sevilya"ga (4:2) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi va o‘zining chempionatdagi gollari sonini 25taga etkazib oldi.

E’tiborlisi, 31 yoshli argentinalik futbolchi qatorasiga 10ta mavsumdan buyon La Ligada 25tadan kam gol urmayapti. Qayd etish lozimki, uning bu boradagi eng yaxshi natijasi 2011/12 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi. O‘shanda Messi mavsum davomida raqiblari darvozasiga 49ta gol urishga erishgan.

Ma’lumot uchun, Lionel Messining La Ligadagi umumiy gollari soni 353tani tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq La Liga prezidenti Xaver Tebas Messini chempionat tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb aytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
kuperlox
24/02/2019 15:18
хали Рональду нинг чл рекордини янгилаши керак, дальше отдых га кетворса хам булади