
Bugun "El-Klasiko" (prevyu)
Xabaringiz bor bugun “Kamp Nou”da “Barselona” va “Real” klublari o‘rtasida Ispaniya kubogi yarim final dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
“Real” “Barselona”ni so‘nggi bor 2017 yilning 16 avgust kuni Ispaniya Superkubogi bahsida mag‘lubiyatga uchratgan. Shundan buyon ushbu jamoalar o‘zaro 3 marta to‘qnash kelishdi va ularning birortasida ham “qirollik klubi” g‘alaba qozona olmadi. To‘plar nisbati esa 8:1 “Barsa” foydasiga.
Ushbu jamoalarning so‘nggi 27ta to‘qnashuvidan 24tasida 3tadan kam gol urilmagan.
“Real” Ispaniya kubogi doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 38ta o‘yindan 34tasida mag‘lub bo‘lmagan.
“Real” Ispaniya kubogi doirasida o‘tkazilgan so‘nggi 6ta bahsdan 5tasida raqiblari darvozasiga 3tadan kam gol urmayapti.
"Barselona" – "Real" Madrid
Stadion: "Kamp Nou" (Barselona)
Boshlanish vaqti: 01:00
Bosh hakam: Antonio Mateo Laos
Taxminiy tarkiblar:
"Barselona": Ter Shtegen – Roberto, Pike, Langle, Alba – Buskets, Rakitich, Artur – Koutino, Messi, Suares.
"Real": Navas – Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo – Kazemiro, Modrich, Kroos – Vinisius, Beyl, Benzema.
Fikrlar