Bugun O‘zbekiston kubogida chorak final uchrashuvlari davom ettiriladi

  • 19.09.2018 11:42
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston Kubogi chorak finaldan o‘rin olgan ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bugun ham ushbu bosqichdan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv o‘tkaziladi. Ularning biriga Andijon, ikkinchisi Olmaliq mezbonlik qiladi.

Tecno

"Andijon" o‘z uyida "Bunyodkor"ni qabul qilsa, AGMK Olmaliqda "Mash’al" bilan bellashadi.

Quyida ushbu bellashuvlarning boshlanish vaqtlari va hakamlari bilan tanishishingiz mumkin:

18:00. “ANDIJON” – “BUNYoDKOR”

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, G‘ayrat Jo‘raev.

Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov.

Komissar: Ma’mur Saidqosimov

 

20:00. AGMK – “MASh’AL”

Hakamlar: Asker Najafaliev, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Avazbek Abdullaev, Sultonmurod Abdurahmonov.

Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!