"Buxoro" cafiga yangi futbolchi kelib qo‘shildi

  • 5 fevral, 2019, 23:08
  • 0
  • Futbol

Navbatdagi yig‘in esa 3 fevraldan boshlab Toshkentda davom ettirilmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. Yig‘in 15 fevralga qadar davom etadi. Kuni kecha jamoa futbolchilari Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazida tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.

Klub safiga oxirgi mavsumlarni "Paxtakor" jamoasida o‘tkazgan yarim himoyachi Doston Ibrohimov kelib ko‘shildi, shuningdek jamoa safiga bir necha ligionerlar ham qo‘shilishi kutilmoqda. Navbatdagi yig‘in davomida bir nechta nazorat o‘yinlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Jamoa 6 fevral kuni "Andijon", fevral "Bunyodkor" va 12 fevral kuni "Dinamo"ga qarshi maydonga tushishadi. Yig‘inning oxirgi kuni yana bir jamoa bilan o‘rtoklik uchrashuvi o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!