"Chelsi" va "Tottenxem" "Barselona"ning transfer rejasini barbod qilmoqchi

  • 25.12.2018 15:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APLning ikki grandi "Barselona"ning asosiy transfer maqsadini barbod qilishi mumkin.

El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Chelsi” va “Tottenxem” allaqachon “Barselona” bilan ayrim jihatlarda kelishuvga erishgan PSJ xavbeki Adrian Raboga taklif bilan murojaat qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli frantsiyalik futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va u shundan so‘ng istagan jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin. Shu bois London grandlari uni katta maosh va’da qilib o‘z tomonlariga og‘dirib olishga urunishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!