Dibala "Valensiya"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin
Argentinalik forvard Italiya A Seriyasi 4-turidan o‘rin olgan "Sassuolo"ga qarshi uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, ammo so‘ng o‘zida horg‘inlik sezgan. Tibbiy ko‘rik esa uning chap oyog‘i lat eganligini aniqladi.
Shu bois u turinliklarning bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi va uning "ko‘rshapalaklar"ga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Ma’lumot uchun, "Yuventus" - "Valensiya" qarama-qarshiligi 19 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Fikrlar