Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz Turkiya yig‘iniga uchib ketdi

  • 15.12.2018 09:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
BAAdagi Osiyo kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

Kecha milliy terma jamoamiz a’zolari tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi. Terma jamoa shifokori Abror Pirrievning ma’lum qilishicha, barcha futbolchilarning sog‘lig‘i joyida. Jarohati bezovta qilayotganlar yo‘q. 

Bugun Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz a’zolari erta tongda Toshkent - Istambul - Antaliya yo‘nalishida Turkiyaga jo‘nab ketishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Futbolchilarimiz 29 dekabrga qadar Turkiyada yig‘in o‘tkazib, keyin poytaxtimizga qaytib kelishadi. 3 kundan keyin esa Osiyo Kubogida ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!