
Erkin G‘aybullaev blogi: Qirol taxtda, ammo o‘ziga o‘xshamayapti!
Madrid klubi yana Jahon kubogi finalida g‘olib chiqdi, ammo bu ular jahonda tengi yo‘q klub degani emas!
To‘g‘ri u Chempionlar Ligasida qatorasiga muvaffaqiyat qozondi. Bu uning kuchini belgilab beradi deb o‘ylash, to‘g‘rimi?
“Real”ning juda ko‘p jihatlarda faqat omadi kelmoqda, xolos.
Zidan jamoasi bilan Chempionlar Ligasidagi ketma-ket g‘alabalarida ularning kuchi emas, balki murabbiyning misli ko‘rilmagan darajada omadi kelgani bilan ifodalash mumkin. O‘sha yildagi o‘yinlarni eslang.
Ular birinchi bor sovrinni qo‘lga kiritishganidagi “Volfsburg” bilan o‘yindagi mag‘lubiyat hamda Chempionlar Ligasi finalida penaltilar seriyasidagi g‘alaba “Real”ning eng kuchli emasligiga dalil emasmi?!
Bahorda “Real”ning yana omadi keldi. “Bavariya” darvozaboni “aqldan ozgan”dek harakat qilgan bo‘lsa, Kievda boshqa nemis klubi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ramos va Salohning to‘qnashuvi oqibatida “Real” raqibning eng yaxshi o‘yinchisini kurashdan olib tashladi. Chempionlar Ligasida Ronaldu va Beylning chiroyli golidan boshqa ajralib turadigan jihat yo‘q edi, “Real” o‘yinlarida.
Hattoki Gvardiola Zidanning omadini faqatgina tushlarida ko‘rishi mumkin.
Aynan Zidanning ketish qarori ham jamoada muammolar borligini anglatgan edi.
Dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri ham Italiyadan qo‘nim topdi.
Futbolni “ichi”ni ko‘ra olish hammaga ham emas. “Real” Zidanni haydamadi. “Qirollik klubi” Krishtianuni sotishni istamadi. Perez portugaliyalik futbolchini ketishiga eng so‘nggi daqiqagacha ishonmadi. "Superyulduz" qishdayoq jamoadan ketishini aytdi. Zidan esa u ketgandan so‘ng jamoa qanday bo‘lishini ko‘ra oldi va jamoani tark etdi.
Ronaldu va Zidan o‘zlari uchun oqilona qaror qildi. “Real” tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan birini yo‘qotdi. Krishtianu va Zidanning ketishi ko‘p narsani isbotlab qo‘ydi. Fikrimga qo‘shilmasangiz natijalarga boqing!
Madrid klubi jamoadan bir futbolchi ketganida uning o‘rnini bosadiganlar ko‘pchilikni tashkil qilishini bot-bot aytishgan bo‘lsa-da, bu amalda o‘z isbotini topmadi. Bir yoki ikki futbolchi emas, balki barcha futbolchilarda keskin pasayish ro‘y bergandek.
Modrich “Real”da bugungidek ajoyib o‘ynagan vaqtlaridan tashqari muvaffaqiyatsizliklari ham ko‘p bo‘ldi. Krocs Jahon Chempionatida Germaniya bilan hech narsaga erishmadi. Madridda ham u o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Ayniqsa, “Yuventus” bilan uyidagi, “Atletiko” va “Barselona” bilan safardagi o‘yinlarda bu yaqqol sezildi. Ramosda tezlik muammo bo‘lmoqda. Karvaxalning sog‘ligidagi muammolar ko‘paydi.
Isko kuchaya olmayapti. Benzema va Beyl bir qarasa eng zo‘r hujumchi, bir qarasa ularni maydonda tanib bo‘lmaydi. Zidanning birinchi mavsumda bo‘lgani kabi, Kazemiro endi asosiy o‘yinchi emas. Kurtua “Real”da almashib qolgandek. Asensio aqlli o‘yinchi edi, o‘ziga o‘xshamayapti, garchi iste’dodli bo‘lsa ham. Vinicius "bo‘lajak Neymar" deyilgandi. Xullas, umidli futbolchilar ham, tajribalilari ham bu mavsumda hech narsa qila olishmayapti.
“Real”ning himoyasi doim muammo bo‘lib kelgan.
To‘g‘risi, “Real”da Zidan davrida ham himoyada muammolar bor edi. Hozir bu muammolar chuqurlashgan. TsSKA jahonning eng yaxshi hujumkor jamoasi emas, biroq rus klubi ham ikkita o‘yinda to‘rtta gol urishni uddaladi. Ramos va Varan birga maydonga tushganida g‘alati o‘ynashmoqda.
Jamoa himoyada o‘ynashda qiynalganida darvozabon asosiy ishni bajarishi kerak. Ammo Kurtua-eng zo‘r darvozabon emas! To‘g‘ri u APLda o‘zini ko‘rsata olgandir, ammo hech qanday faktor uni “Real”ning asosiy darvozaboni bo‘lishga sabab bo‘la olmaydi. Perez uni jamoaga taklif qilganda nimani o‘ylagani faqat o‘zigagina ayon! Hatto “Al-Ayn” unga gol urishni uddaladi.
O‘tgan yili ispan jamoasi har doimgidek transfer oynasida ancha faol bo‘lishdi. Biroq jamoaga taklif qilingan o‘yinchilarga imkoniyat kam berilmoqda yoki ular berilgan imkoniyatdan foydalana olishmayapti.
Marianoning jamoaga taklif qilingani Benzemaga asosiy urg‘u berilayotgani yaxshi, albatta. Ammo bu jamoaning hujumdagi muammolarini butunlay bartaraf etishga kamlik qildi.
Vinisiusga 61 million xarajat qilindi. U o‘ziga sarflangan pullarni oqlashi so‘roq ostida. Odriosola asosiy tarkibga “yorib” kira olmadi. Luninni ijaraga berishdi. Darvoqe, u Kurtuadan yaxshiroq harakat qilmoqda.
Perez yanvarda “ov”ga qanday tayyorlanayotgani juda qiziq.
Jamoani bu yil ancha kuchsizlanganini uning o‘zi bilan bir qatorda tilga olinadigan top jamoalarga mag‘lubiyatlaridan ham bilsak bo‘ladi.
“Barselona”, “Yuventus” va “Atletiko” 2018 yilda Realni mag‘lubiyatga uchratishdi. “Bavariya” o‘z darvozaboni xatosini “qurboni” bo‘ldi, aks holda Zidanning “Real”ini mag‘lubiyatga uchratgan top jamoalar safiga kirar edi. Xaynkes jamoasi o‘sha payt fantastik futbol namoyish qilayotgan edi.
“Liverpul” ning bunga kuchi etmadi. Ammo hozir inglizlar futbolda oldinga qadam qo‘yishdi, biroq “Real” sekinlashdi. “ El-Klasciko”dagi hisob-kitoblar “Real” klubining “jahonda tengsiz” unvonidan ancha yiroqda ekanligini ko‘rsatadi. Lopetegi “UEFA Superkubogi” finalida ”Atletiko“ ga yutqazdi. “Yuventus” bahorda Zidan jamoasini (3-1) mag‘lub etdi.
Yana bir muammo- murabbiylar bilan bog‘liq.
Mourinoni jamoa yana taklif qilsa, jamoada muammolar kamaymasligi aniq.
Zidanning jamoaga kelishi tasodif bo‘lgani esingizdami? O‘sha paytlarda Zidan “Qirollik klubi”ning ikkinchi jamoasida murabbiylik qilayotgan edi. U barcha narsaga erishgan bo‘lsa-da Perez bilan ishlashni xohlamadi. Mana shu paytda Perez juda katta xatoga yo‘l qo‘ydi.
U o‘z davlatining bosh murabbiyini jamoaga taklif qildi. Ishoning, Ispaniya Lopetegi bilan Rossiya, Xorvatiya va Angliyani ham mag‘lub etishga qodir edi. “Real”da Xulenni qo‘llashmadi. Unga xatolar qilishda “ko‘maklashishdi”. Jamoa prezidenti esa har doimgidek eng kuchlilar bilan “sovuq” xayrlashdi.
Klublar o‘rtasidagi Jahon kubogi “Real” uchun hech qachon eng asosiy sovrin bo‘lib xizmat qilmagan.
Bu yilgi sovrinni qo‘lga kiritgan jamoa-jahonning eng kuchli klubi emas, ammo ular amalda shunday unvonni qo‘lga kiritishdi.
Aynan yuqoridagi muammolar bartaraf etilib, jamoa o‘z mavqesiga qaytishiga ishonishdan boshqa chora yo‘q.
Fikrlar