“Everton” 21 yoshli braziliyalik uchun 35 mln evro sarflashga tayyor

  • 18 iyul, 2018, 11:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning “Bordo” klubi hujumchisi Malkon o‘z faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Tecno

Braziliyalik futbolchiga “Everton” klubi katta qiziqish bildirmoqda. “Iriska”lar Malkonning transferi uchun 35 million evro sarflashga tayyor. Uning haftalik maoshi 90 ming evroga teng bo‘lishi kutilmoqda.

Avvalroq Malkomning xizmatlariga “Inter” ham qiziqish bildirgan edi. Biroq moliyaviy feyr-pley tufayli milanliklar transferdan voz kechishga majbur bo‘ldi.  Shuningdek, braziliyalik futbolchiga “Bavariya”, PSJ va “Liverpul” qiziqmoqda.

O‘tgan mavsumda 21 yoshli Malkon Frantsiya chempionatining 35 o‘yinida maydonga tushib, 12 ta gol va 7 ta golli pasga mualliflik qildi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!