"Everton" qishda Angliya terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi
"Everton" klubi "Lester" forvardi Jeymi Vardini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha “irischilar” 31 yoshli angliyalik futbolchini qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi va buning uchun “tulkilar”ga 32 mln evro taklif qilishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, so‘nggi paytlarda Vardining jamoa bosh murabbiyi Klod Pyuel bilan munosabatlari u qadar yaxshi emas va “Everton” aynan mana shundan foydalanib qolmoqchi.
Ma’lumot uchun, Vardi joriy mavsum “Lester” safida jami 9ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar