
Evropa Ligasi chorak final javob bahslarini mashhur hakamlar boshqarib borishadi
Xabaringiz bor ushbu haftada Evropa ligasi musobaqasining chorak final javob bahslari bo‘lib o‘tadi. UEFA ushbu uchrashuvlarga qit’aning taniqli referilarini jalb etdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra "Manchester Yunayted" - "Anderlext" bahsini Alberto Undiano Malenko boshqarsa, "Beshiktosh" va "Lion" jamoalari ishtirokidagi uchrashuvda Milorad Majich hakamlik qiladi.
Gilzenkirxenda bo‘lib o‘tadigan "Shalke" - "Ayaks" to‘qnashuvi ruminiyalik hakam Ovidiu Xatseganga ishonib topshirilgan. "Genk" - "Selta" bahsini esa Uilyam Kollam boshqarib boradi.
"Lion" va "Beshiktosh" jamoalari o‘rtasidagi javob o‘yini tomoshabinlarsiz o‘tishi mumkin
Fikrlar