Floyd Meyvezer: Eng qimmat ko‘rgazmali jangni kuting

  • 16.11.2018 19:14
  • 0
  • Boks

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerning so‘zlariga ko‘ra, aralash yakkakurash jang san’atlari ustasi Tensina Natsukava bilan to‘qnashuv tashkil etiladi. 41 yoshli amerikalik bokschi bu jang ko‘rgazmali xarakterga ega bo‘lishini ma’lum qilgan.

Qanday qoidalar? Boks qoidalari bo‘yicha jangni kuting, – deya Meyvezerning so‘zlarini keltiradi TMZ nashri. – Oyoqda hech qanday zarba berilmaydi. Jang 9 daqiqa davom etadi va bu tarixda eng ko‘p daromad qilingan ko‘rgazmali to‘qnashuv bo‘ladi. Men boksdagi professional faoliyatimni yakunlaganman, ammo tez orada butun dunyo bo‘ylab chiqishlar qilaman va baribir ko‘p pul ishlab olaveraman.

20 yoshli Natsukava kikboksing qoidalari bo‘yicha 27 ta professional jang o‘tkazib, barchasida zafar quchgan. Shuningdek, MMAda yana 4 ta jang o‘tkazgan.

41 yoshli Meyvezer professional boksda 50 jangda 50 g‘alaba qayd etgan. So‘nggi marta u 2017 yil avgustida boksga qaytib, o‘sha vaqtdagi UFC chempioni Konor Makgregorni 10-raundda texnik nokautga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!