
Frantsiyalik futbolchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi
Frantsiyalik yarim himoyachi Rio Mavuba o‘zining terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.
Ta’kidlash kerakki, 34 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Bordo", "Vilyarreal", "Lill" va Praganing "Sparta" klublarida to‘p surgan hamda ushbu jamoalar safida jami 550dan ortiq o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Mavuba Frantsiya terma jamoasi jami 13ta o‘yinda maydonga tushgan. U frantsiyaliklar safida Braziliyada bo‘lib o‘tgan JCh-2014da ishtirok etgan.
Fikrlar