Grizmann 18 million evro uchun "Manchester Yunayted" sharafini himoya qiladi

 

Evropada yana bir supertransfer "pishmoqda". Kelasi mavsumda o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘ygan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino yozda "Atletiko" to‘purari Antuan Grizmanni olib kelib, yangi jamoani uning atrofida tuzishini aytgandi.

"Manchester Yunayted" va Antuan Grizmann o‘rtasida uzoq davom etgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Frantsiyalik to‘purar Joze Mourino bilan ishlashga rozilik berdi. Manchesterliklar buning uchun Grizmannga yiliga 18 million evro miqdorida maosh to‘laydi.

Ayni paytda Grizmanning "Manchester Yunayted"ga o‘tishini to‘sib turgan bitta masala qoldi. U ham bo‘lsa ikki klub transfer borasida bir to‘xtamga kelishi kerak. "Manchestepr Yunayted" futbolchi uchun 100 million evrodan voz kechishga tayyor.

Joriy mavsumda La ligada 19 ta o‘yinda sakkizta gol urgan 22 yoshli futbolchining "Atletiko" bilan tuzgani shartnomasi 2021 yilning yozigacha amal qiladi.

SPORTS.uz

 

Фикрлар

Фикр қолдириш учун авторизациядан ўтинг!