Gvardiola: APLdagi har bir o‘yin finalga teng
“Manchester Siti” jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Liverpul”ga qarshi (2:1) kechgan APl 21-tur markaziy o‘yinidan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Futbolchilarim bilan faxrlanaman, ammo faqat bugun emas, har doim. To‘g‘ri, 4 kun ichida 2 ta o‘yinni boy berdik, ammo 16 oy davomida ko‘rsatilgan uchrashuvlarni unutishning imkoni yo‘q. Bugungi bellashuv finalga teng edi. Agar mag‘lub bo‘lganimizda, barcha umidlarimiz chippakka chiqardi. EChLda ham aynan shunday o‘ynashimiz zarur.
Ular – etakchilar, bu 4 ochko, biz farqni qisqartirdik. G‘alaba qozonsak, kurash davom etishini, mag‘lub bo‘lganimizda chempionlik haqida o‘ylamaslikni bilardik. Bu kabi og‘ir va qiyin o‘yinni eslay olmayman. APLda har bir o‘yin finalga teng”, – deb ispaniyalik mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC Sport.

Fikrlar