Gvardiola “Manchester Siti” ustozi sifatida 100-g‘alabasiga erishdi
Angliya chempionati 21-tur markao‘iy o‘yinida “Manchester Siti” jamoasi o‘z maydonida “Liverpul” futbolchilarini qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
Mazkur o‘yin “shaharliklar” ustozi Pep Gvardiola uchun klubdagi 100-g‘alaba sifatida qayd etildi. Ispaniyalik mutaxassis jamoa boshqaruviga 2016 yilning yozida kelgandi.
47 yoshli mutaxassis “Barselona”dagi faoliyati (2008–2012) davomida 179 ta, “Bavariya”dagi ishi (2013–2016) davrida esa 121 ta g‘alabani qo‘lga kiritgan.

Fikrlar