Gvardiola: Menimcha De Bryoynening jarohati jiddiy emas
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa etakchilaridan biri hisoblangan Kevin De Bryoynening holati haqida gapirib o‘tdi. Qayd etish lozimki, belgiyalik futbolchi jarohati sabab bugun bo‘lib o‘tgan “Sautgempton”ga (3:1) qarshi bahsni o‘tkazib yubordi.
“Hozircha u o‘zini qanday his qilayotgani haqida bilmayman. Menimcha jarohat u qadar jiddiy emas. Biroq, u payshanba kungi o‘yinga qadar sog‘ayadimi yoki yo‘q buni bilmayman”, - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” o‘zlarining navbatdagi uchrashuvini 3 yanvar kuni “Liverpul”ga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar