Gvardiola: "Siti" ochko yo‘qotsa "Liverpul" chempion bo‘ladi
Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning joriy mavsumida "Liverpul" bilan bo‘ladigan raqobat haqida gapirib o‘tdi.
“Futbolchilarim “Liverpul” juda ham kuchli jamoa ekanligini yaxshi bilishadi. Ular ochko yo‘qotishga haqlari yo‘qligini tushunishadi. Chunki, agar shunday bo‘lsa “Liverpul” chempion bo‘ladi. O‘z navbatida siz kuchli bo‘lishingiz uchun kuchli raqobatchi kerak. Bizda esa bu narsa APLda ham bor, EChLda ham”, - deydi Gvardiola.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” 13ta turdan so‘ng 35 ochko bilan premer-ligada peshqadamlik qilmoqda. “Shaharliklar”dan ikki ochko kam jamg‘argan “Liverpul” esa ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar