Gvardiola ertaga De Bryoynening maydonga tushish yoki tushmasligi borasida gapirdi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jarohatidan sog‘aygan Kevin De Bryoynening "Byornli"ga qarshi maydonga tushish yoki tushmasligi borasida gapirib o‘tdi.
“Menimcha u tayyor. Uning hozir to‘liq o‘ynay olishiga ishonchim komil emas, biroq Kevin so‘nggi paytlarda juda yaxshi shug‘ullandi. De Bryoyne shubhasiz biz uchun juda muhim futbolchi”, - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli belgiyalik futbolchi avgust oyi o‘rtalarida tizzasidan jarohat olgan edi.
Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" - "Byornli" bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

Fikrlar