Gvardiolaga yangi futbolchi kerak emas
Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qishki transferlar davrida yangi futbolchilar sotib olinishini inkor etdi.
“Yanvarda biz yangi futbolchilar sotib olishni rejalashtirmayapmiz”, - deydi Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” ayni damda 16ta turdan so‘ng Angliya premer-ligasida “Liverpul”dan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar