Ildar Mamatkazin endi Fomin bilan bir jamoada to‘p suradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq o‘tgan mavsumni Qarshining “Nasaf” klubida o‘tkazgan hamyurtimiz Ildar Mamatkazin Maksimilian Fomin to‘p surayotgan Ummonning “Saham” klubida ko‘rikdan o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.

SPORTS.uz internet-axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli himoyachi ummonliklar bilan shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Olingan xabarga qaraganda, futbolchi “Saham” safida to‘p suradigan to‘rtinchi legioner futbolchiga aylangan. Endi klub yangi mavsumda Ummon klubi boshqa legioner xarid qilmaydi.

Qayd etish joiz, Mamatkazin yaqin kunlar ichida “Saham” tarkibida maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!