Immobile Ronalduning "Yuventus"ga o‘tgani borasida hazilomus izoh berdi
Rimning "Latsio" klubi forvardi Chiro Immobile portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga ko‘chib o‘tgani borasida o‘z fikrini biroz hazilomus tarzda bildirib o‘tdi.
“Ronaldu “Yuventus”da? Xudoga shukur, A Seriya to‘purarligini vaqtida qo‘lga kiritibman”, - deydi italiyalik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, Immobile o‘tgan mavsum “Inter” forvardi Mauro Ikardi bilan bir hil – 29ta gol kiritib, Italiya chempionati to‘purari bo‘lgan edi.

Fikrlar