"Inter" Ikardining tovon pulini pasaytirmoqchi
Milanning "Inter" klubi rahbariyati jamoa forvardi Mauro Ikardining tovon pulini 130 million evroga ko‘tarmoqchi. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “neradzurrilar” 25 yoshli argentinalik futbolchiga 2023 yilgacha bo‘lgan shartnoma va yiliga 6,5 million evro maosh taklif qilishmoqda. Bundan tashqari “Inter” uning tovon pulini avval boshida taxmin qilinganidek 180 million evro emas, balki 130 million evro etib belgilamoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Ikardining "Inter" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar