Internetda Kokorin va Mamaev ishtirokidagi janjal aks etgan video paydo bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi hujumchisi Aleksandr Kokorin va "Krasnodar" yarim himoyachisi Pavel Mamaev hamda uning do‘stlari kecha Rossiyaning Birinchi kanal boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisini Vitaliy Solovchuk va avtomobil sanoati departamenti direktori Denis Pakni do‘pposlashgan edi.
Bugun esa ular politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Internetda ushbu voqea akch etgan video tarqalib ketdi.
Xabarlarga qaraganda politsiya bugun ushbu ikki zo‘ravon futbolchilarni so‘roqqa tutishni boshlaydi.
Qayd etish lozimki, “Zenit” ham, “Krasnodar” ham ushbu holatdan so‘ng har ikkala futbolchi bilan ham shartnomalarni bekor qilishni rejalashtirmoqda.



Fikrlar