
Ispaniya Kubogi. “Sevilya” engildi, ammo chorak finalga chiqdi
Ispaniya Kubogi nimchorak final javob o‘yinida “Sevilya” jamoasi o‘z maydonida “Atletik” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 77-daqiqasida Guruseta tomonidan kiritilgan yagona gol “Atletik” g‘alabasini ta’minladi. Biroq ilk o‘yinda andalusiyaliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi ularni chorak final yo‘llanmasini taqdim qildi.
Sevilya – Atletik 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 77 Guruseta.
Sevilya – Soriano, Merkado, Karrisu, Nyanon, Amadu, Aleish Vidal, Vaskes (Sarabiya, 63), Mesa (Banega, 74), Promes, Munir, Ben-Yedder (Salvaterra, 71).
Atletik – Simon, Nunes, Balensiaga, De Markos, San Xose, Iturraspe (Muniain, 73), Nolaskoayn, Lopes (Dani Garsiya, 65), Susaeta (Kordoba, 81), Ibai Gomes, Guruseta.
Ogohlantirishlar: Karrisu (89), Muniain (90).
Dastlabki uchrashuv: 3:1
Fikrlar