
Jaloliddin Masharipov “Lokomotiv”dagi debyut o‘yinida gol kiritdi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Antaliyada olib borayotgan “Lokomotiv” futbol klubi bugun dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
“Temiryo‘lchilar” Turkmanistonning “Oltin Asr” jamoasi bilan kuch sinashdi va 1:0 hisobida zafar quchishdi. Uchrashuvdagi yagona golga “Lokomotiv”ning yangi a’zosi Jaloliddin Masharipov mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" Antaliyadagi yig‘ini doirasida yana uchta o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi. Quyida ular bilan tanishing.
6 fevral. «Lokomotiv» — FK «Saraevo»
10 fevral. «Lokomotiv» — «Ordabasi»
12 fevral. «Lokomotiv» — «Zarya»
Fikrlar