Jismoniy tarbiya va sport vaziri o‘z lavozimini tark etdi
O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Xolmatovich Isroilov mansabini tark etdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shoakrom Isroilov fevral oyida vazir etib tayinlangan edi. Bugun, 25 iyul kuni u jamoa bilan xayrlashdi. Uning yangi ish o‘rni hozircha ma’lum emas.
O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimini vaqtinchalik vazirning birinchi o‘rinbosari Oybek Omilovich Qosimov bajaradi.

Fikrlar