Kexill faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin

  • 28 sentabr, 2018, 20:53
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Gari Kexill faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Transfermarketweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli angliyalik futbolchiga "Napoli" va "Roma" klublaridan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Joriy mavsum asosan zaxira futbolchisiga aylanib qolgan Kexillning o‘zi ham tezroq jamoadan ketmoqchi. A Seriya grandlari esa uni qishki transferlar chog‘idayoq sotib olishga urunib ko‘rishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu bosh murabbiyi Joze Mourino ham Kexillni o‘z jamoasi safida ko‘rish istagida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!