Koko Vandevege raqiblarini taslim qilmoqda
Gollandiyaning Xertogenbosh shahrida o‘tayotgan “Libéma Open” turnirida tennis malikalari ikkinchi davra bahslarini boshladi.
Unda rossiyalik Veronika Kudermetova shveytsariyalik Belinda Benchichni 6:2, 2:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Amerikalik Koko Vandevege esa mezbon tennischisi Aranta Rus ustidan dastlabgi setda tay-brekda, ikkinchi setda esa 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar