La Liga. "Vilyarreal" - "Atletiko" o‘yinida g‘olib aniqlanmadi
«El-Madrigal» stadionida kechgan bellashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. Ikkinchi bo‘lim avvalida Filipe Luis hisobni ochdi. 65-daqiqada esa Mario Gaspar gol kiritib, muvozanatni tikladi.
Bugungi natijadan so‘ng "matraschilar" jamg‘argan ochkolar soni 16 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Sariq suvosti kemasi" esa 9 ochko bilan 14-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar